Yevropol rahbari: Telegram terrorchilikka qarshi kurashda yordam berishni istamayapti

Obuna bo‘lish
"Shundaylar borki, biz bilan hamkorlik qilishni istamayapti". Xususan, Telegram bizlarga katta muammolar keltirib chiqarmoqda",- deb ta’kidladi Ueynrayt Times gazetasiga

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Yevropol rahbari Rob Ueynrayt Telegram messenjeri Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati bilan terrorchilikka qarshi kurashish masalasida hamkorlik qilishni istamayapti, deb ta’kidladi. RIA Novosti xabari asosida.

"Biz bilan shunchaki hamkorlik qilmayotganlar bor. Xususan, Telegram bizlarga katta muammolar keltirib chiqarmoqda",- deb ta’kidlagan Ueynrayt Times nashriga.

Posol delegatsii Yevropeyskogo Soyuza v Uzbekistane Eduards Stiprays - Sputnik O‘zbekiston
YeIning O‘zbekistondagi elchisi: biz terrorchilarni yashirish bilan shug‘ullanmaymiz
Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram shunday turdagi yordamni taqdim etadiki, buni Facebook, Twitter va boshqa birlashmalar hajmi bilan solishtirib bo‘lmaydi.

Ekstremistlar ma’lumotlar almashish va targ‘ibot uchun ko‘p holatlarda ommabop ijtimoiy tarmoq platformalaridan foydalanishgan. Facebook va Google singari texnologik gigantlar esa tarmoqdagi ekstremistik materiallarga qarshi kurashish borasida ko‘proq ishlarni amalga oshirishni talab qilayotgan hukumat bosimiga tushgan.

Times nashrining yozishicha, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilari targ‘ibot-tashviqot, yollash va "ko‘ngillilar" ustidan nazorat qilib borish uchun Telegramdagi bepul xizmatlardan keng foydalanishgan.

Kuni kecha, London shahrida xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan anjumanda nutq so‘zlagan Ueynrayt  "ID" o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish bo‘yicha ish olib borayotganini xabar qilgan. Terrorchilarning bunday yo‘l tutishlariga razvedka xizmatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda texnologik sektor tomonidan bo‘layotgan kuchli bosim sabab bo‘lgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0