TOShKENT, 4-may — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ko‘p miqdorda rangli metallar partiyasi olib chiqilishining oldi olindi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Milliy xavfsizlik xizmati vakili xabar qildi.
"Maxsus xizmat xodimlari tomonidan davlat chegarasi yaqinida davlat raqamlari bo‘lmagan shubhali yuk avtomashinasi aniqlandi. Tezkor xodimlar voqea joyiga yetib borishganida, yuk avtomashinasi oldida hech kim bo‘lmagan. Avtomashina kuzovi ko‘zdan kechirilganda ko‘p miqdorda rangli metallar partiyasi borligi aniqlangan. Ehtimol, qoidabuzarlar ushbu yukni Qozog‘istonga olib chiqishni ko‘zlashgan", — dedi MXX xodimi.
Qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun "KamAZ" rusumli yuk mashinasi Nukus shahriga yetkazilgan. Ekspertiza natijasiga ko‘ra, transport vositasining kuzovida 11 tonna rangli metallar mavjudligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, qoidabuzarlikka aloqador shaxslar qidirilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.