TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida Rishton tumanida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
G‘.Niyozovga ko‘ra hududda joriy yilning o‘tgan to‘rt oyida davomida birorta jinoyat sodir etilmagan.
Yig‘ilishda tuman hokimining yoshlar va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Husanov, tuman "Nuroniy" jamg‘armasi raisi I.Obidov, tuman IIBning yoshlar masalari bo‘yicha yangi tayinlangan o‘rinbosari S.Avliyoxonov, "O‘qchi" chegara bojxona posti boshlig‘i A.Mirzayevlar kunning dolzarb mavzulari: "Yoshlarning "ommaviy madaniyat" ta’siridan asrash", "Diniy oqimlarga qarshi kurashda mahalla faollarining o‘rni", "Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishida ota-onalarning mas’uliyati" va "Kontrabanda va noqonuniy tovar moddiy boyliklarini olib o‘tilishini oldini olish, chegara tartib-qoidalarini buzmaslik2 mavzularida so‘zga chiqdilar.
Shuningdek, tuman kengashi deputati Z.Zohidov tomonidan ta’lim sohasida qonunchilik tahlili, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida o‘quvchilarga tushuntirish berildi. Qolaversa, o‘quvchilarning kollejdagi o‘quv jarayoni bo‘yicha mavjud kamchiliklar, malakaviy amaliyotlar o‘tash va ishga joylashish masalalari yuzasidan berilgan savollariga asosli javoblar berildi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.