Mirziyoyevdan sovg‘a: bulung‘urlik to‘ybolalarga 1 mln so‘mlik omonat daftarchalari topshirildi

© Sputnik / StringerBulung‘ur shahriga kiraverishdagi yo‘l
Bulung‘ur shahriga kiraverishdagi yo‘l - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida "Prezident e’tibori - muruvvat tadbirlarida" shiori ostida bulung‘urlik va jomboylik 13 nafar bolajonlarning sunnat to‘yi nishonlandi

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Bulung‘ur tumanidagi "Baxt" bazmgohida "Prezident e’tibori — muruvvat tadbirlarida" shiori ostida bulung‘urlik va jomboylik 13 nafar bolajonlarning sunnat to‘yi nishonlandi.

Bulung‘ur tumani - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Bulung‘ur va Nurobod hokimlarini ishdan oldi
"Viloyat hokimligi, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hamda qator jamoat tashkilotlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur  tadbir "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi", — deyiladi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, to‘ybolalarga 1 million so‘mlik omonat daftarchalari hamda kitob jamlanmalari taqdim etilgan hamda multfilm qahramonlari asosida tayyorlangan sahna tomoshalar namoyish etilgan.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari A.Umarov ishtirok etgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0