Mirziyoyev Bulung‘ur va Nurobod hokimlarini ishdan oldi

© Sputnik / StringerBulung‘ur tumani
Bulung‘ur tumani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bulung‘ur va Nurobod tumanlarida "to‘rtlik"lar ishdan ketgan, hokimlar hamda tuman prokurorlari, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarlari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari lavozimini tark etgan

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-15 aprel kunlarida Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifi vaqtida bir qancha rahbarlarni lavozimlaridan ozod qilgan, deb xabar berdi "Kun.uz".

Bo‘sh kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani hokimini lavozimdan oldi
Xususan, Bulung‘ur va Nurobod tumanlarida «to‘rtlik»lar ishdan ketgan, hokimlar hamda tuman prokurorlari, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarlari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari lavozimini tark etgan.

Bulung‘ur tumani hokimi Xo‘jayorov Xayriddin Gadoyevich ishdan olinib, uning o‘rniga Vazirlar Maxkamasida mas’ul vazifalarda ishlab kelgan Raximov Furqat Jalolovich nomzodini Bulung‘ur tumani hokimi vazifasiga tavsiya qilingan.

Xalk deputatlari Bulung‘ur tumani kengashi tomonidan tuman hokimini tayinlash haqidagi viloyat hokimining qarori  deputatlar tomonidan tasdiqlangan.

Nurobod tumani hokimligidan bo‘shatilgan Ergashev Baxtiyor Qo‘shboyevich o‘rniga esa hali yangi rahbar tayinlanmagan.

Shuningdek, Qo‘shrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Xolboyev Anvar ishdan olingan.

Qayd etish joizki, O‘zbekistonda endilikda muayan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun faqatgina hokimning o‘zi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki shaharda hokim ishdan olinadigan bo‘lsa, "to‘rtlik"ning barcha vakillari — hokim, prokuror, militsiya boshlig‘i, DSI boshlig‘i ishdan ketmoqda. Bu jamoaviy javobgarlik sifatida hisoblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0