TOShKENT, 4-may — Sputnik. Bugun tunda Toshkent shahrida yana yer silkinishi kuzatildi.
Sputnik Qirg‘izistonning xabar qilishicha, Tojikiston hududidagi epimarkazda zilzila kuchi 5,5 ballni tashkil etgan.
Toshkentda esa yer silkinishi taxminan 2 ball atrofida bo‘lgan.
3 may kuni ham O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida zilzila qayd etilgandi.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan janubi-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston hududiga to‘g‘ri keldi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.