TOShKENT, 4-may — Sputnik. Shahzoda Filip, Qirolicha Yelizaveta IIning 95 yoshli turmush o‘rtog‘i jamoatchilik faoliyati va qirollik majburiyatlaridan voz kechadi. Bu haqda Bukingem saroyi vakillaridan olingan ma’lumotga tayangan holda Bi-bi-si xabar berdi.
Keyinchalik rasmiy bayonot qirol oilasiga tegishli Twitterda e’lon qilindi.
An announcement regarding The Duke of Edinburgh. https://t.co/SF1bgo68Un pic.twitter.com/TO9mR70xTk
— The Royal Family (@RoyalFamily) 4 maya 2017 g.
Mazkur qaror shaxsan Edinburg gersogi tomonidan qabul qilingan va OAV ma’lumotiga ko‘ra, qirolicha uni qo‘llab quvvatlagan.
Biroq Filipp yaqin o‘rtada va avgust oyiga qadar bo‘lib o‘tadigan barcha qabullar va uchrashuvlarda ishtirok etishi aytilmoqda.
Ilgariroq ommaviy axborot vositalarida qirol oilasiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va saroy amaldorlari Bukingem saroyiga favqulodda yig‘ilishga chaqirtirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu ma’lumot jamoatchilikni jiddiy bezovta qildi, odamlarning aksariyati ushbu uchrashuvda gap qirolicha yoki uning turmush o‘rtog‘i sog‘lig‘i xaqida borganligini taxmin qilishdi hatto.
Shu o‘rinda, The Sun nashri yanglishgan holda Fillip o‘limi xaqida xabar tarqatdi. Nashr o‘z maqolasiga "Shahzoda Filipp 95 yoshida vafot etdi, Edinburg gersogi qay tarzda o‘ldi va hokazo va hokazo" degan sarlavha qo‘ygan edi.
Hi @TheSun. Not sure that's supposed to have been published… pic.twitter.com/bBJHuA0iWl
— The Sun Apologies (@SunApology) 4 maya 2017 g.
Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i o‘zining o‘ta hazilkashligi bilan tanilgan. Xususan, 1967-yilda undan SSSRga kelish niyati borligi haqida so‘rashganda, shahzoda "jonim bilan, lekin bu razillar mening yarim oilamni qirib tashlashdi", deb javob qaytargan. 1986-yilda Xitoyda 21 yoshli britaniyalik talaba bilan suxbatlashayotib, unga quyidagi so‘zlarni aytgan: "Agar sen bu yerda yana uzoqroq vaqt bo‘lsang, uyga piska ko‘zlar bilan qaytasan".
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.