O‘zbekistonlik 9 bokschi jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

© Federatsiya boksa UzbekistanaTretiy den sorevnovaniy Kontinentalnogo chempionata Azii po boksu sredi mujchin
Tretiy den sorevnovaniy Kontinentalnogo chempionata Azii po boksu sredi mujchin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 90 foizlik natija bilan g‘alabaga erishdi

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkentda boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Olamsport.com.

Murodjon Axmadaliyev, bokser - Sputnik O‘zbekiston
Bugun to‘rt nafar o‘zbek bokschisi Osiyo chempionati bahslarida ringga chiqadi

Shu bilan birga, chempionat reglamentiga muvofiq, ushbu musobaqa shu yilning 23-avgust-4 sentabr kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini beradigan yo‘llanmani taqdim etar edi.

Chorak final bahslarida g‘alaba qozongan quyidagi o‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionati yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi: Murodjon Ahmadaliyev, Hasanboy Do‘smatov, Elnur Abduraimov, Iqboljon Xoldorov, Isroil Madrimov, Jasurbek Latipov, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Bahodir Jalolov.

Faqatgina Sanjar Tursunov chorak finalda mag‘lubiyatga uchrab, yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0