O‘zbekistonda yer qimirladi - zilzila o‘chog‘i Tojikistonda qayd etildi

© Motion LoopSeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekistonning bir nechta viloyatlarida yer qimirlashi sezildi

TOShKENT, 3-may — Sputnik. 3-may kuni soat 9:48da respublikaning sharqiy hududlarida zilzila qayd etilgani haqida bir nechta o‘zbek OAVlari xabar berdi.

Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda zilzila bo‘ldi
Co‘nggi tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, Zilzila episentri Tojikiston hududida joylashgan bo‘lib, markazda zilzila kuchi 5,9 ballni tashkil etgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Internet foydalanuvchilari orasida zilzila Qirg‘izistonni ham chetlab o‘tmaganini xabar qilishmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistondagi zilzila 5,7 ballni tashkil qilgan.

"Zilzila episentri(o‘chog‘i) — Dushanbe shimoli-sharqidan 249 km, Farg‘ona janubiy qismining 111 km va Tojikistonning Qora-Kenja qishlog‘idan 18 kilometr masofada qayd etilgan", — deyilgan Yevropa o‘rtayer seysmologik markazi xabarida.

Toshkent seysmologiya markazi tez orada aniq ma’lumotlar taqdim etishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0