BMT Bosh kotibi XXI asrda o‘lim jazosiga o‘rin yo‘qligini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT bosh kotibining so‘zlariga qaraganda, terrorchilik tufayli sudlangan jinoyatchilarni harbiy va maxsus sudlar shoshilinch ravishda sud qilib, adolatsizlik bilan hukm chiqarmoqda

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. BMT bosh kotibi Pan Gi Mun dunyoning 65 ta mamlakatida terrorchilik harakatlarini sodir etgan jinoyatchilarga nisbatan qo‘llanayotgan o‘lim jazosiga qarshi chiqdi, deb xabar berdi RIA Novosti axborot agentligi.

"XXI asrda o‘lim jazosiga o‘rin yo‘q. Terrorizmga qarshi kurashda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘tkaziladigan barcha chora-tadbirlar inson huquqlariga va qonun ustivorligiga asoslanishi kerak", — degan Pan Gi Mun xalqaro o‘lim jazosiga qarshi kurash kunida so‘zlagan nutqi chog‘ida.

Berlin, Reyxstag binosi - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya: o‘lim jazosi mavjud mamlakat YeIga a’zo bo‘la olmaydi
BMT bosh kotibining so‘zlariga qaraganda, terrorchilik tufayli sudlangan jinoyatchilarni harbiy va maxsus sudlar shoshilinch ravishda sud qilib, adolatsizlik bilan hukm chiqarmoqda.

U odamlarning o‘lim jazosi bilan terrorizmga qarshi kurashish mumkin, degan fikriga qo‘shilmadi. Pan Gi Munning ta’kidlashicha, terrorchilarni qatl etish uning izdoshlariga tashviqot maqsadida xizmat qilishi mumkin.

BMT bosh kotibi hammani har qanday sharoitda, har qanday joyda o‘lim jazosini bekor qilishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0