TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining "O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirish kiritish haqida qarori e’lon qilindi.
Xabarga ko‘ra, "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015-yil 26-yanvardagi "O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorining muqaddimasidagi "Ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi hamda "O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorlariga" degan so‘zlar "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga" degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.