Maktablardagi qator fanlarga o‘zgarishlar kiritildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishElektronniy urok v moskovskoy shkole
Elektronniy urok v moskovskoy shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy tarbiya fanidan davlat ta’lim standartlariga shaxmatni o‘rganish talablari singdirildi

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonda majburiy ta’lim tizimi uchun umumta’lim fanlaridan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Bu haqda "Jahon" AA xabar berdi.

Nachalo uchebnogo goda v shkolax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Endi maktablarda sinfdagi o‘quvchilar soni 35 tadan ortishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Xabarga ko‘ra, majburiy ta’lim tizimi uchun (9+3 asosidagi) 18 umumta’lim fanidan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida jismoniy tarbiya fanidan davlat ta’lim standartlariga shaxmatni o‘rganish talablari singdirildi.

1-4-sinflarda matematika fanini o‘qitish mazmuniga dasturlashning ilk tushunchalari kiritilgani o‘g‘il-qizlarda informatika, axborot texnologiyalari faniga oid boshlang‘ich bilimlarni shakllantiradi. O‘quv rejasi ham yanada takomillashtirilib, "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fani "Informatika va axborot texnologiyalari" deb o‘zgartirildi.

O‘quvchilarni kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashga yo‘naltirish maqsadida "Mehnat ta’limi" fani "Texnologiya" fani deb o‘zgartirildi va bugungi kun talabidan kelib chiqib, ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarga asoslangan holda qayta ishlandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0