Afg‘onistonga tashlangan superbomba Markaziy Osiyoda zilzila keltirib chiqaradimi

Obuna bo‘lish
Qudratli bomba zarbasi mintaqadagi seysmik vaziyatni izdan chiqarib yubormaydimi? Halokatli zilzilalar keltirib chiqarmaydimi? Sputnik muxbiri seysmolog Alekseya Zavyalov bilan shu haqda suhbatlashdi

TOShKENT, 15 apr — Sputnik, Lev Rijkov. AQSh Afg‘onistonda ilk marta eng kuchli GBU-43 noyadroviy bombasini qo‘lladi. Bomba Nangarxor viloyatidagi Tora-Bora yerosti majmuasiga tashlandi.

Mazkur viloyat Pokiston chegarasida joylashgan bo‘lib, undan nariroqda Pomir va Hindikush tog‘lari yastanib yotadi. Tojikiston va O‘zbekiston ham unchalik uzoq emas.

B-52, Amerika bombardimonchi samolyoti Afg‘oniston osmonida - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Afg‘onistonga eng kuchli bombani tashladi

Qudratli bomba zarbasi mintaqadagi seysmik vaziyatni izdan chiqarib yubormaydimi? Halokatli zilzilalar keltirib chiqarmaydimi? Sputnik muxbiri RFA Yer fizikasi institutining seysmik xavf prognozi va mintaqaviy seysmologiya laboratoriyasi mudiri Alekseya Zavyalov bilan shu haqda suhbatlashdi.

"Sayyoramizda yuz bergan har qanday yer silkinishi umumiy seysmik rejimga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, — deydi olim. — Bularning bari ushbu ta’sirning qanchalik kuchga ega ekanligiga bog‘liq. Tabiiyki, zilzila o‘chog‘iga qanchalik yaqin bo‘lsa, ta’sir kuchi ham shunchalik katta bo‘ladi. Tadqiqotchilar shunday ta’sir bo‘lishini aytishadi, lekin u har doim ham ko‘zga tashlanavermaydi. Va bir seysmik hodisani ikkinchisi bilan bog‘lash qiyin".

Seysmologning fikricha, AQSh superbombasining portlashi mintaqadagi umumiy seysmik holatga ta’sir ko‘rsatmaydi.

"Ushbu portlash kuchli seysmik hodisalarni keltirib chiqarmaydi, — deb taxmin qiladi Aleksey Zavyalov. — Biroq yashirin silkinish darajasi bir oz vaqt saqlanib turadi. Markaziy Osiyo Kamchatka, Filippin yoki Yaponiyaga nisbatan seysmik faol mintaqa emas. Shuning uchun 7 va undan ortiq balli zilzilalar kelib chiqishidan xavotirlanmasa ham bo‘ladi".

Yangiliklar lentasi
0