TOShKENT, 2-may – Sputnik. Bugun Sochida Vladimir Putin va Angela Merkel uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.
Uchrashuvda xalqaro xayotning kunning dolzarb muammolari, terrorchilikka qarshi kurash, Yaqin Sharqdagi vaziyat va Ukraina mojarosini hal qilish masalalari hal qilinmoqda.
Shuningdek, uchrashuvdan oldin Merkel Putin bilan Liviyadagi vaziyatni hamda Rossiya Germaniya munosabatlarini muhokama qilishni rejalashtirganini xabar qilgan edi.
Uchrashuv Rossiya prezidentining Sochidagi «Bocharov ruchey» davlat rezidensiyasida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, prezident yordamchisi Yuriy Ushakov va Vladislav Surkovlar ishtirok etmoqda.
Germaniya tomonidan tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchi Kristof Xoysgen, siyosiy va moliyaviy siyosat bo‘yicha maslahatchi Lars-Xendrik Roller hamda Yevropa siyosati bo‘yicha maslahatchi Uve Korzepiuslar ishtirok etmoqda.