TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Formula-1 Jahon Chempionatining Rossiya boschichi g‘olibi finlyandiyalik Valteri Bottasni g‘alaba bilan qutladi, deb xabar qilmoqda R-sport.
28-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Rossiya Gran-pri poygasida birinchi o‘rinni Valteri Bottasni, ikkinchi o‘rinni Sebastyan Fettel va uchinchi o‘rinni Kimi Raykkonenlar egalladi.
Rossiya prezidenti poyga g‘olibiga kubokni shaxsan topshirdi. Shuningdek, Vladimir Putin barcha g‘oliblarni tabriklab ularning keyingi chiqishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Sochida Formula-1 poygalari o‘tkazish boshlangan 2014-yildan buyon, har bir g‘olibga sovg‘ani shaxsan o‘zi topshirib kelmoqda.
O‘z navbatida F1 jahon chempionatining Rossiya bosqichiga kelgan jamoa vakillari ushbu tadbir oliy darajada tashkil qilinganini ta’kidlashdi. Poyga g‘oliblari Bottas, Fettel va Raykkonenlar Gran-pri umuman yuqoringi kayfiyatda bo‘lib o‘tganini va bu yil tomoshabinlar soni ancha ko‘payganini qayd etishdi.