Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni dengiz kurortiga taklif qildi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev(chapda) va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev(chapda) va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zbekistonlik hamkasbiga "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga tashrif buyurib, dengiz kurorti imkoniyatlarini shaxsan baholashni taklif qildi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Kuni kecha, 1-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan suhbatlashdi
Suhbat davomida Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zbekistonlik hamkasbiga "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga tashrif buyurib, dengiz kurorti imkoniyatlarini shaxsan baholashni taklif qildi. Turkmaniston rahbari Kaspiy dengizi sohilidagi ushbu kurort o‘zbekistonliklarga xizmat ko‘rsatishga tayyorligini aytdi.

Shuningdek, Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston prezidentiga Bolqon viloyatida hududni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan ham tanishishni taklif etdi.

Turkmaniston prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning Turkmanistonga tashrif haqidagi taklifini qabul qilgan va tashrif sanasi diplomatik yo‘llar orqali kelishiladi.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi amalga oshirilgan. Ushbu tashrif chog‘ida bir qator muhim kelishuvlar imzolangan. Ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda, hususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalar bo‘yicha yuksak darajadagi aloqalar izchil rivojlanmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0