TOShKENT, 2-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov orasida 1-may kuni telefon suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Suhbat davomida shu yil 6-7-mart kunlari shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilindi.
Prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalar bo‘yicha aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Turkmaniston orasida agrosanoat kompleksi, temir yo‘l tizimini ta’mirlash va modernizatsiya qilish sohalardagi savdo shartnomalari va qo‘shma kooperatsiya loyihalari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar va yaqin istiqboldagi qo‘shma tadbirlar haqida kelishib olishdi.
Suhbat samimiy, do‘stona, o‘zaro anglashuv, hurmat va yaqin qo‘shnichilik ruhida o‘tdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.