Farg‘onada "O‘zbekiston - umumiy uyimiz" tadbiri bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Turli millat vakillari bir jonu bir tan bo‘lib yashayotgan Farg‘ona viloyatida "O‘zbekiston - umumiy uyimiz" nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan turli milliy madaniy markazlar ishtirok etib, o‘z milliy urf-odatlarini, konsert dasturlarini namoyish etishdi.

O‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada "O‘zbekiston - umumiy uyimiz" bayram tadbiri o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatida millatlararo hamjihatlikni ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Bu yerda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning o‘z tili, urf-odat va an’analari, tarixi va madaniyatini o‘rganishi, rivojlantirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Mahallalar, turli madaniyat maskanlari, ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan tadbirlar millatlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

"O‘zbekiston — umumiy uyimiz" bayram tadbiri doirasida konsert dasturlari, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Azaldan yulab millatlar makoni bo‘lgan O‘zbekiston xalqi tinch-osoyishta, ahil va farovon hayotini ta’minlashda, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini namoyish qiliuvchi ushbu kabi tadbirlarning o‘rni beqiyosdir.

Yangiliklar lentasi
0