Farg‘onada "O‘zbekiston - umumiy uyimiz" bayram tadbiri o‘tkazildi

© Farg‘ona hokimligi matbuot-xizmatiO‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri
O‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini, O‘zbekiston xalqining tinch-osoyishta, ahil va farovon hayotini ta’minlashda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi

TOShKENT, 1-may — Sputnik. Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlarida "O‘zbekiston – umumiy uyimiz" shiori ostida davra suhbatlari, ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev respublikadagi milliy madaniy markazlar faollarini mukofotladi
O‘zbekistonda barcha millat va elat vakillarining tili, madaniyati, milliy qadriyatlarini o‘rganishi, rivojlantirishi, kelgusi avlodlarga yetkazishi uchun barcha sharoit yaratilgani millatlararo va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash, ularda barcha uchun yagona Vatan bo‘lgan O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Harakalar strategiyasida ham millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Mamlakatda turli millat vakillarining tinch-totuv, ahil-inoq istiqomat qilayotgani, yagona Vatan tushunchasining qalblarga muhrlangani mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

© Farg‘ona hokimligi matbuot-xizmatiO‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri
O‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri

Farg‘ona viloyatida ham millatlararo hamjihatlikni ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Bu yerda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning o‘z tili, urf-odat va an’analari, tarixi va madaniyatini o‘rganishi, rivojlantirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Mahallalar, turli madaniyat maskanlari, ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan tadbirlar millatlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

© Farg‘ona hokimligi matbuot-xizmatiO‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri
O‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri

Turli millat vakillari ishtirok etayotgan "O‘zbekiston –umumiy uyimiz" shiori ostidagi do‘stlik festivali doirasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Farg‘ona, Oltiariq, Rishton tumanlarida "Bu muqaddas vatandan azizdir inson", "Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik-barqarorlik omili" nomli davra suhbatlari, "Inson manfaatlari-ulug‘ qadriyat" mavzusidagi ko‘rgazmalar barchada katta taassurot qoldirdi. Bu madaniyat va an’analarni yanada rivojlantirish, yoshlar ongi va qalbida ularga nisbatan hurmat tuyg‘usini yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etayotir.

Festival doirasida Farg‘ona shahrida tashkil etilgan tadbir katta shodiyonaga aylanib ketdi.

Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muhammadiyev va boshqalar bu kabi festivallar mamlakatda ijtimoiy barqarorlik va tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Ahmad Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida ko‘rgazmalar, rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

© Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot-xizmatiO‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri
O‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - umumiy uyimiz tadbiri

Milliy madaniyat markazlari badiiy jamoalarining O‘zbekistondagi tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, yurt mustaqilligini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi ulkan g‘amxo‘rlikni, beg‘ubor va samimiy tuyg‘ularni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari yangradi. Milliy madaniy markazda "Yurt tinchligi, vatan ravnaqi-oliy ne’mat" mavzusida ilmiy–amaliy seminar tashkil etildi.

"Barcha millat vakillari bir oila bo‘lib, tinch- totuv hayot kechirmoqdamiz, – deydi viloyat yahudiy milliy madaniyat markazi rahbari Semon Abdurahmonov. —Milliy madaniyat markazlari tashkil etilib, barcha millatlarning o‘z tili, madaniyati va urf-odatlarini rivojlantirishi uchun zarur sharoitlar yaratilgani fikrimiz isbotidir. Navqiron avlodni millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat, milliy-ma’naviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda milliy madaniyat markazlari muhim o‘rin tutadi. Bu masala faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Mana bunday tadbirlar esa barchamizni hamjihatlikka chorlaydi".

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0