O‘zbekistonda yana 175ta ichki ishlar bo‘limlari tashkil etiladi

© Flickr / Peretz PartenskyUzbekskaya militsiya na granitse
Uzbekskaya militsiya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, tayanch punktlari har bir aholi maskanida faoliyat ko‘rsatadi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Yaqin kelajakda mamlakatda ichki ishlar boshqarmalaridan uzoqda joylashgan aholi punktlarida qo‘shimcha 175 ta shahar (shaharcha) ichki ishlar bo‘limlari va 824 ta tayanch punktlari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston IIV rahbari Abdusalom Azizov ma’lum qildi, deb yozadi "Podrobno.uz".

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Xorijga chiqish ruxsatnomasini olish uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, tayanch punktlari har bir aholi maskanida faoliyat ko‘rsatadi. Ichki ishlar organlari xodimlarining tunu kun navbatchiligini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining qaroriga ko‘ra, ikki yil ichida profilaktika nozirlari uchun 3829ta xizmat uylari qurilishi rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0