Tojikistonda ilk marta O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Obuna bo‘lish
O‘zbek san’at ustalari tojikistonlik hamkasblari va Dushanbe, Qo‘rg‘ontepa hamda yaqin-atrofdagi tumanlar aholisi bilan uchrashadilar

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Ikki mamlakat mustaqillikka erishganidan buyon ilk marta 9-12 may kunlari Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston madaniyat ishlari vaziri Shamsiddin Orumbekzodaga asoslanib.

Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Biznes-forum yakunlari: O‘zbekiston Tojikistonga nimalar eksport qiladi?

"Konsert dasturlari Dushanbe va Qo‘rg‘ontepada bo‘lib o‘tadi, o‘zbek san’at ustalari guruhi 55 nafar taniqli xonanda va sozandalardan tashkil topgan", — dedi Orumbekzoda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy ochilish marosimi 10-may kuni Sadriddin Ayniy nomidagi davlat opera va balet teatrida bo‘lib o‘tadi. Madaniyat kunlari doirasida o‘zbek san’at ustalari tojikistonlik hamkasblari va Dushanbe, Qo‘rg‘ontepa hamda yaqin-atrofdagi tumanlar aholisi bilan uchrashadilar.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining o‘rtalarida Dushanbeda 25-yil ichida ilk marta O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda 160dan ortiq o‘zbek ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘sha kunlari bo‘lib o‘tgan tojik-o‘zbek biznes forumida tomonlar 50 milllion dollar qiymatidagi kelishuv va shartnomalarni imzoladilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0