Biznes-forum yakunlari: O‘zbekiston Tojikistonga nimalar eksport qiladi?

© SputnikVistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017
Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imzolangan shartnomalarga ko‘ra O‘zbekiston Tojikistonga avtomobillar, qurilish materiallari, maishiy texnika va oziq-ovqat mahsulotlari yetkizib beradi.

TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Ayni kunlarda Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi tojikistonlik aridorlarda ulkan qiziqish uyg‘otganini xabar qilgan edik.

Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbedagi ko‘rgazmada O‘zbekiston mahsulotlari talash bo‘lmoqda

Ko‘rgazmaning uchinchi kuni O‘zbekiston va Tojikiston biznes vakillari orasida ko‘plab shartnomalar imzolandi.  19 aprel kuni Tojikiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan biznes-forumda O‘zbekiston korxonalari Tojikistonda o‘zlariga yangi hamkorlar topib bir necha shartnomalar imzolashdi, Tojikiston Savdo-sanoat palatasi xabari acosida.

Birinchidan, “O‘zavtosanoat” AJ Tojikistonning “Lesinvest”, “Tadjmotors” va “Gayur” kompaniyalari bilan avtomobillar yetkizib berish borasida shartnoma va memorandumlar imzoladi.

Ikkinchidan, O‘zbekistonning “Transneftgazglobalservis” kompaniyasi va Tojikistonning “Gayur” kompaniyalari orasida kimoviy reagentlar va qurilish materiallari yetkizib berish haqida shartnoma imzolandi.

Uchinchidan, “UZklimat kontrol” qo‘shma korxonasi “Tadjmotors” kompaniyasi bilan,  avtomobil yoritgichlari ishlab chiqaruvchi “Uzchasis” qo‘shma korxonasi Tojikistonning “Lesinvest” va “Tadjmotors” kompaniyalari bilan shartnoma va memorandumlar imzolashdi.

To‘rtinchidan, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Tojikistonning “Iqtidor” kompaniyasi bilan oziq-ovqat mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish borasida protokol imzolashdi.

Dushanbeda O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbeda O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Ushbu biznes forumda O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Shoqosim Shoislomov, “O‘zekspomarkaz” raisi Ibrohim Ergashev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari  Nazira Dadaxonova,  “O‘zavtosanoat” AJ raisi o‘rinbosari Toxirjan Jalilov va 300 dan ortiq O‘zbekiston biznesi vakillari ishtirok etishdi.

Tojikiston tomonidan Savdo-sanoat platasi raisi Sharif Said, Davlat investitsiyalar va davlat mulki qo‘mitasi raisi Kaxxorzoda Fayziddin Sattor, Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Umed Davlatzod va biznes vakillari ishtirok etdi.  

Eslatib o‘tamiz, oxirgi yil ichida O‘zbekiston va Tojikiston orasida savdo iqtisodiy munosabatlar kesikin rivojlanib bormoqda.  2016 yilda ikki mamlakat orasida o‘zaro savdo miqdori olti barobar oshib, uning qiymati  70 mln $ ni tashkil qildi. Undan 36 mln Tojikiston mahsulotlari eksporti 34 mln esa – O‘zbekiston mahsulotlari importiga to‘g‘ri kelgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0