O‘zbekistonliklar qatorasiga uch kun dam olishadi

© Sputnik / Xulkar IbragimovaPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
6 may shanba dam olish kuni 2017-yil 8-may dushanba kuniga ko‘chirildi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qaroriga ko‘ra, 8-may dushanba dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda "Darakchi.uz" xabar bermoqda.

Urush faxriylari - Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi 9-May - avvalgilariga o‘xshamas

Xabarda bildirilishicha, " 9-may — Xotira va qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-ma’naviy o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2017-yil 6-may shanba dam olish kuni 2017-yil 8-may dushanba kuniga ko‘chirilsin va ish kuni deb hisoblansin, 2017-yil 8-may dushanba kuni dam olish kuni deb e’lon qilinsin", deyiladi qarorda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0