Qo‘ng‘irotda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Miromon, Mirziyo ismlari qo‘yildi

© kruz.uzV Karakalpakii troynyashkam dali imya prezidenta
V Karakalpakii troynyashkam dali imya prezidenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxorolik Jamshid Shodiyev oilasida ham uch egizak dunyoga kelgan, ularga O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari berilgandi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinika shifokori Miyassar Saparbayevaning oilasida uch nafar egizak o‘g‘il tug‘ildi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Qoraqalpog‘iston va Xorazm tadbirkorlariga yangi imtiyozlar taqdim etdi

Xabarda bildirilishicha, ularga Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari berildi.

Shu munosabat bilan Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ularga sovg‘alar topshirildi.

Joriy yilning 28-mart kuni Buxoro shahrida yashovchi Jamshid Shodiyev oilasida ham uch egizak dunyoga kelgan, egizaklarning barchasi o‘g‘il bo‘lib, ularga O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari berilgandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0