TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari bojxona sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston Akipressga tayanib.
Tojikiston hukumati O‘zbekiston bilan ushbu sohada hamkorlik qilish bo‘yicha ikkita hujjatni tasdiqladi.
Kelishuv hujjatlarida bojxona jarayonlarini soddalashtirish, axborot va tajriba almashish, bojxona qonunchiligi buzilishlari, xususan, noqonuniy tovar olib o‘tilishining oldini olish masalalari ko‘zda tutilgan.
Tomonlar hujjatlarni tez orada imzolashi kutilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.