TOShKENT. 1-may — Sputnik. Shvetsiyaning Stokgolm shimolidagi Yerfella shahri atrofida joylashgan, shiya imomi Ali nomidagi masjidda dushanba kunga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Shvetsiyaning SVT televideniyasi xabar berdi.
Yong‘in to‘g‘risidagi xabar politsiya mahkamasiga yakshanba kuni soat 23.16 da kelib tushgan. Xabarda jabrlaganlar haqida ma’lumot mavjud emas. Masjid binosida 3 mingdan ortiq kitoblar mavjud bo‘lgan kutubxona joylashgan. Kitoblarning keyingi taqdiri haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
"Dastlabki baholashlarga ko‘ra, ayni vaqtda binoning 30-50 %i shikastlangan", — deb ta’kidlagan masjid vakili Aki Zokiriy shved televideniyasiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, masjid binosi taxminan 3500 kvadrat metrni tashkil etadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.