TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Portlash uskunasi Yaman poytaxti Sana politsiya akademiyasi yaqinida joylashgan masjidda, tonggi namoz vaqtida ishga tushirildi, RIA Novosti AFP xabari asosida.
Ikki terrochi-xudkush portlash uskunasini politsiya akademiyasi yaqinidagi Blili masjidi ichida ishga tushirdi. Guvohlar aytishicha qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor.
“Portlash, shia musulmon jangarilariga qo‘l ostida bo‘lgan, politsiya akademiyasi yaqinida joylashgan masjid ichida ro‘y berdi”, — guvohlar aytishiga qaraganda.
Shunga o‘xshash terakt sentabr boshida Yaman shimolidagi El-Muaydad masjidida ro‘y bergandi. O‘shanda 28 kishi halok bo‘lgandi. Ushbu terakt uchun javobgarlikni sunniy ekstremistlar o‘z zimmasiga oldi.
Yamanda ikki guruh orasida qurolli ziddiyat davom etmoqda. Bir tarafdan shiya musulmonlariga qarashli xusiylarning "Ansar Alla" guruhi va sobiq prezident Ali Abdulla Solihga sodiq armiya qismlari va ikkinchi tarafdan qochqin prezident Abd Rabbu Mansur Hodi kuchlari.