O‘zbekistonda 2227 ta yaxshi saytlar ma’qullandi

© Sputnik / StringerMirziyoyevning virtual qabulxonasi
Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tavsiya etiluvchi saytlar reyestrini doimiy ravishda to‘ldirib borish ishlari davom etmoqda

TOShKENT, 1-may — Sputnik. Bugungi kunda mazkur reyestrga 2227 ta saytlar kiritilgan. Ular nafaqat katalog yo‘nalishlari bo‘yicha qismlarga ajratilgan, balki tegishli tavsiflar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, bu foydali ma’lumotni qidirib topish bilan birga saytda ishlashda qulayliklar yaratadi.

Kompyuter xavfsizligi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bolalarni zararli axborotlardan himoya qiladigan yangi qonun ishlab chiqilmoqda
Ro‘yxatga saytlar ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i xodimlari tomonidan kiritiladi. Shu bilan birga, har bir tarmog‘ foydalanuvchisida boshqalarga ham qiziqarli va foydali saytlarni tavsiya etish imkoniyati mavjud.

Bu portaldagi "Saytni tavsiya etish" tugmasi orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Ushbu tavsiyalar ZiyoNET moderatori tomonidan tasdig‘idan so‘ng saytlar ro‘yxatida joy oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda internet tarmoqda bolalarni zararli ma’lumotlardan chegaralash maxsus tarif rejalar joriy qilingan. Bunda internet tarmog‘iga kirishda o‘ziga xos "oq ro‘yxat" sifatida ZiyoNET tomonidan tavsiya etilgan ro‘yxat orqali yo‘lga qo‘yildi.

Ro‘yxat o‘z ichiga yoshlar ta’lim olish uchun ilm-ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi resurslar milliy hamda horijiy qismlari kiritilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0