O‘zbekistonda valyutani erkin ayriboshlash sari ilk qadam qo‘yildi - MB raisi o‘rinbosari

© uz24.uzO‘zbekiston Markaziy Banki raisi o‘rinbosari Shohruh Shoahmedov
O‘zbekiston Markaziy Banki raisi o‘rinbosari Shohruh Shoahmedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda keng ko‘lamli valyuta islohotlariga start berildi. Ayni vaqtda valyuta tushumining davlatga majburiy sotish miqdori kamaytirildi, ba’zi bir korxonalar uchun bu talablar butkul olib tashlangan, deb tushuntirdi Sputnik O‘zbekiston nashriga respublika Markaziy Banki raisi o‘rinbosari Shohruh Shoahmedov

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Bank tizimi oldida milliy valyutani mustahkamlash, inflyatsiya o‘sishining rejalashtirilgan miqdoridan oshmasligini ta’minlash, valyuta bozorini liberallashtirish vazifalari qo‘yilgan edi, deb ta’kidladi respublika Markaziy banki rasmiy vakili.

Amaldorning tushuntirish berishicha, valyuta tushumini davlatga majburiy sotish holatini bekor qilishdan tashqari, maxsus analitik guruh tashkil qilingan bo‘lib, ular so‘nggi joriy etilgan yangiliklarni kuzatib borish bilan shug‘ullanadi.

Tijorat banklari ayni vaqtda faol ravishda chet el sarmoyalarini jalb qilib kelmoqda. Shoahmedovning ishontirib aytishicha, bu valyutani erkin ayriboshlash sari tashlanayotgan ilk qadamdir.

Zampred SB: rabota po valyutnoy reforme nachalas

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0