O‘zbekiston TIV rahbari "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotida ishtirok etdi

© AFP PHOTOO‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kengash yakunlariga ko‘ra Qo‘shma bayonot hamda transport va logistika sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi "Yo‘l xaritasi" qabul qilingan

TOShKENT, 1-may — Sputnik. 2017-yilning 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida "Markaziy Osiyo + Yaponiya" Muloqoti ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashi ishida ishtirok etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov O‘zbekiston tashqi siyosatidagi yangi jihatlar haqida gapirdi
Forumda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Yaponiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham ishtirok etishgan.

"Savdo va investitsiya sohalarida, jumladan qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi va logistika tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mintaqaviy hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid masalalar ham ko‘rib chiqildi", — deyiladi TIV xabarida.

Olti davlat TIV rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro maydonda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan ham fikr almashishgan.

Kengash yakunlariga ko‘ra Qo‘shma bayonot hamda transport va logistika sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi "Yo‘l xaritasi" qabul qilingan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0