Pasport tizimi sohasidagi qonunbuzaliklar uchun jarima kamaytiriladi

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga, ularning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqishdi.

TOShKENT, 30 apr – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 28-aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga asosan.

Bayonitda xabar berilishga ko‘ra, fuqarolarni tashvishga solayotgan masalalar diqqat bilan o‘rganib chiqilgan va aniqlangan kamchiliklarni hal etish uchun amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan aniq choralar ko‘rmoqda.

O‘zbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda farzandiga o‘z vaqtida pasport olib bermagan ota yoki ona jarima to‘laydi

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223-moddasida pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarima belgilangan edi. Jarimaning 450 ming so‘m, ya’ni ancha yuqori miqdori fuqarolarning, ayniqsa kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan fuqarolarning pasport olmasligiga yoki ularni amal qilish muddati o‘tganidan keyin almashtirmaslikni afzal ko‘rishlariga olib kelgan.

Ushbu masalani har tomonlama o‘rganib chi qqan deputatlar, ushbu pasport nazorati sohasidagi qonunbuzarliklar uchun belgilangan jarimalarni kamaytirish tashabbusi bilan chiqishdi.  

Eslatib o‘tamiz, pasport nazorati sohasida voyaga yetgan fuqarolar tomonidan pasport olmaslik, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmay yashash, pasportini ataylab yaroqsiz holga keltirish yoki uni ehtiyotsizlik bilan saqlash oqibatida yo‘qotish kabi qoidabuzarliklar uchun eng kam ish haqqining 1-3 marotabagacha bo‘lgan miqdorida jarimalar qo‘llanilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0