YeOII Bojxona kodeksi 2018-yildan kuchga kiradi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMamontovskiy tamojenniy post Shelkovskoy tamojni
Mamontovskiy tamojenniy post Shelkovskoy tamojni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qabul qilingan bojxona kodeksi YeOII mamlakatlari bojxona sohasidagi qonunchiligini yagona standartga keltirishdan tashqari, iqtisodni boshqarish va raqobat uchun teng sharoit yaratish sohalarida milliy qonunchilikdan ustun bo‘lgan 25 ta qonun normalarini o‘z ichiga qamrab olgan.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi kengashi yangi Bojxona kodeksi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kirishini e’lon qildi.

Dastlab kodek 2017-yilning 1-iyulida kuchga kirishi kerak edi, lekin a’zo mamlakatlar qonunchiligida aniqlangan ayrim normalarni bartaraf qilish uchun vaqt kerak bo‘lgani tufayli u yarim yilga kechiktirildi.

“Yangi Bojxona kodeksi bilan bir vaqtda YeOII iqtisodiy komissiyasining milliy qonunchiliklardan ustun turuvchi 25ta qarori ham kuchga kiradi. Ushbu qarorlar milliy iqtisodiy boshqaruvchilar faoliyatiga va jismoniy shaxlar tomonidan mahsulotlar tashib o‘tishga taaluqlidir”, — deyilgan xabarda.

Yevroosiyo iqtisodiy kengashi tomonidan qabul qilingan yana bir muhim hujjat, bu – YeOIIning bir mamlakati fuqarosi ittifoqning boshqa mamlakatida mehnat qilganda pensiya bilan ta’minlash haqidagi shartnomadir.

YeOII bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
YeOII rahbarlari Bojxona kodeksini imzolashdi

“Ushbu hujjatning qabul qilinishi YeOII mamlakatlari fuqarolari uchun o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlovchi yana bir omil bo‘ladi”, — deb izoh berdi Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Oleg Pankratov.

Pankratovning fikriga ko‘ra, barcha uchun tushunarli bo‘lgan pensiya jamlash tizimining kuchga kirishi, mehnatga layoqatli aholiniga jug‘rofiy erkinlik berishi bilan birga, biznes vakillariga mehnat resurslaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.

Qabul qilingan hujjat fuqarolarning bir mamlakatda jamlagan ish staji, pensiya jamg‘armalarini boshqa mamlakatga eksport qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, YeOII – xalqaro integratsion uyushma bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0