YeOII rahbarlari Bojxona kodeksini imzolashdi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishYeOII bayroqlari
YeOII bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imzolangan Bojxona kodeksi YeOII mamlakatlari ichida bojxona nazoratini sezilarli darajada osonlashtiradi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi rahbarlari ittifoq Bojxona kodeksini imzolashdi,  deb xabar qildi RIA Novosti.

"To‘rt mamlakat prezidentlari barcha taqdim etilga hujjatlarni imzolashdi, jumladan Bojxona kodeksini ham", — dedi jurnalistlarga YeOII Iqtisodiy komissiya vakili Tigran Sarkisan.

Sarkisanning so‘zlariga qaraganda, ushbu Bojxona kodeksi YeOII mamlakatlari ichida bojxona nazoratini sezilarli darajada osonlashtiradi.    

Umumiy imzolash marosimida qatnashmagan Qirg‘iziston ham tadbir yakunida Bojxona kodeksini tasdiqladi. Sarkisan aytishiga qaraganda, Qirg‘iziston rahbariyati ichki bozorda cheklashlarni bartaraf etish  haqidagi bo‘limlarga izoh berishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Sankt-Peterburgda YeOII va KXShT davlat rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda muhim siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy masalalar muhokama qilindi va kelishuvlar bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0