TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya tergov qo‘mitasi Ukrainaning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning jinoiy javobgarlikka tortilishiga erishadi. Qo‘mita uning 1994-95 yillarda Chechenistondagi to‘qnashuvlarda qatnashgani haqidagi dalillarga ega, deb xabar berdi RIA Novosti qo‘mita rasmiy vakili Svetlana Petrenkoga asoslanib.
Juma kuni Rossiya bosh prokuraturasi Interpolga Yatsenyukni qidiruvga berish bo‘yicha hujjatlarni jo‘natganini ma’lum qildi.
"Rossiya tergov qo‘mitasi xalqaro huquqda ko‘zda tutilgan barcha huquqiy imkoniyatlardan foydalangan holda Yatsenyukni Rossiya qonunchiligi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortishga erishmoqchi", — dedi Petrenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita Yatsenyukning 1994-yil 31-dekabr va 1995-yil fevralda Grozniyda sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda hamda1995 yil 7-yanvarda Oktabr tumanida asirga olingan rossiyalik harbiylarni qiynash va otib tashlashda ishtirok etganligi borasida dalillarga ega.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.