TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Vashingtonda o‘tkazilgan Atlantika kengashida Ukraina sobiq Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk AQSh prezidenti va YeIga a’zo davlatlar yetakchilariga murojaat qilar ekan, Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlash mumkinmasligi haqida ta’kidlagan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Janob prezident, YeI yetakchilari, to Mins kelishuvini to‘liq bajarmas ekan, Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlab bo‘lmaydi. Rossiya sanksiyalar bekor qilinishi uchun Donesk, Lugansk va Qrim yarim orolini qaytarishi kerak", — degan Yatsenyuk bir jurnalistning Yevropadagi aksariyat siyosatchilar sanksiyalar yumshatilishi uchun ovoz berishayotgani haqidagi jumlasiga javob tarzida.
Yatsenyuk, o‘z chiqishi davomida, shuningdek, tez orada Ukrainaga gaz kerak bo‘lmasligi, ayniqsa, Rossiyadan keladigan gazga umuman hojat qolmasligi haqida ham gapirgan.