Qozog‘iston shimolida 200dan ortiq uyni suv bosdi

© sputniknews.kzPavodki v Kazaxstane
Pavodki v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Qozog‘iston viloyatida Sokolovka qishlog‘i ham suv ostida qoldi, Dolmatovo qishlog‘ini ham suv bosishi mumkin

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Shimoliy Qozog‘iston viloyatida suv ostida qolgan uylar soni 218taga yetdi, Ishim darosi oqimi bo‘ylab joylashgan qishloqlar suv ostida qolmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston viloyat hokimining o‘rinbosari Anton Fedayevga asosan.

"Ayni paytda 218ta uy suv ostida qoldi, Sokolovka qishlog‘i ham talofat hududiga qo‘shildi, Dolmatovo qishlog‘i ham suv ostida qoladi", — dedi Fedayev.

Vesenniy razliv reki - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zgidromet" Qozog‘istonni suv toshqinidan ogohlantirdi

Uning ma’lumot berishicha, suv sathi keskin ko‘tarila boshlagan va Ishim darosi sohili atrofidagi qishloqlarni suv bosgan.

"Oqim bo‘ylab joylashgan barcha qishloqlar xavf ostida. Kecha Sokolovka qishlog‘idagi 28 uyda yashovchi 74 kishi evakuatsiya qilindi, 11ta uyni suv bosdi va toshqin davom etmoqda. Dolmatovo qishlog‘i atrofida daryo sathi keskin — sutkasiga 90 santimetrdan ko‘tarilmoqda. U yerda ham evakuatsiya ishlari olib borilmoqda", — hokim o‘rinbosari.

U Petropavlovsk suv omborida suv sathi pasayishi kutilayotganini ma’lum qildi va toshqinning ikkinchi to‘lqini kelayotganini qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, suv omboridagi suv sathi ozgina pasayadi, so‘ngra yana ko‘tariladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0