"O‘zgidromet" Qozog‘istonni suv toshqinidan ogohlantirdi

© Sputnik / Yuriy Kaver / Mediabankka o‘tishVesenniy razliv reki
Vesenniy razliv reki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Qozog‘iston viloyati tomon ulkan hajmdagi suv oqimi harakatlanayotganligi sababli Shardara suv omboridagi suv sathining ko‘tarilish xavfi mavjud

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. "O‘zgidromet" Qozog‘istonni ehtimoliy suv toshqinlaridan ogohlantirdi. Tashkilotning ma’lumot berishicha, Janubiy Qozog‘iston viloyatiga qarab ulkan hajmdagi suv oqimi harakatlanayotganligi qo‘shni respublikadagi suv toshqini bilan bog‘liq vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.

Qozog‘istonda suv toshqini - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda suv toshqini: ortiqcha suvlar O‘zbekistonga yo‘naltirilishi mumkin

"Yaqin sutkalarda Sirdaryo darosidagi suv oqimining hajmi Chinoz postida sekundiga 1,5-1,6 ming kubometrga yetadi. Chirchiqning quyi oqimida esa sekundiga 500-550 kubometrgacha yetadi. Shu sababli daryo sohillariga yondosh uchastka va hududlarni suv bosishi ehtimoli mavjud", — deyiladi o‘zbekistonlik meteorologlar xabarida.

O‘z navbatida "Kazgidromet" Sirdaryo darosida suv hajmining ko‘payishi Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi Shardara suv omboridagi suv sathining ko‘tarilishiga olib kelishini bildirdi. Shu sababli Janubiy Qozog‘iston viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi.

Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi vaziri Asqar Mirzaxmetovning aytishicha, Shardara suv omborida xavfli holat yuzaga kelsa O‘zbekiston tomoni ombordagi ortiqcha suvni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0