O‘zganda 24 kishi ko‘chki oqibatida tuproq ostida qoldi

© Press-slujba MChS KRPosledstviya opolznya v Uzgene
Posledstviya opolznya v Uzgene - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hajmi 1 million kub metr keladigan ulkan tuproq uyumi 11ta uyni bosib qolgan

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Qirg‘izistonning O‘zgan tumanida ko‘chki oqibatida 24 kishi tuproq ostida qoldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

Seysmograf. Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda 5,7 balli zilzila yuz berdi

Xabarda aytilishicha, bugun ertalab hajmi 1 million kub metr keladigan ulkan tuproq uyumi 11ta uyni bosib qolgan. Ma’lumotlarga qaraganda, 4ta uyda hech kim yashamaydi.

Yuz kishidan iborat qutqaruv guruhini FVV rahbari Kubatbek Boronov boshqarmoqda.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ko‘chki oqibatlarini bartaraf qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish haqida hukumatga topshiriq berdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0