Qirg‘izistonda 5,7 balli zilzila yuz berdi

© Getty ImagesSeysmograf. Zemletrasenie
Seysmograf. Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zilzila Issiqko‘l janubiy sohilidagi Bokonbayevo qishlog‘idan 33 kilometr uzoqlikda yuz bergan

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda 5,7 balli zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Qozog‘iston ta’lim va fan vazirligining seysmologik tajriba-uslubiyat ekspeditsiyasiga tayanib.

Bomba GBU-5 - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonga tashlangan superbomba Markaziy Osiyoda zilzila keltirib chiqaradimi

"Zilzila o‘chog‘i Olmaota shahridan 148 kilometr uzoqlikda Qirg‘iziston hududida joylashgan", — deyiladi xabarda.

Kuchi 5,7 ballga teng bo‘lgan zilzila 15 kilometr chuqurlikda yuz bergan.

"Olmaotada zilzila kuchi 2 ballga teng bo‘ldi", — deb ma’lum qildi seysmologlar.

Sputnik Qirg‘izistonning ma’lum qilishicha esa, zilzila Issiqko‘l janubiy sohilidagi Bokonbayevo qishlog‘idan 33 kilometr uzoqlikda yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0