Islom Karimovga bag‘ishlangan qalblarni to‘lqinlantiruvchi video

© MID UzbekistanaPrezident Uzbekistana Islam Karimov
Prezident Uzbekistana Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Unda Islom Karimovning oddiy aholi bilan muloqoti, o‘zbek yoshlari, otaxon va onaxonlari bilan samimiy suhbatlari, O‘zbekistonning mashhur insonlari bilan muloqotlari aks etgan

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan lavha foydalanuvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Unda Islom Karimovning oddiy aholi bilan uchrashuvlari, o‘zbek yoshlari, otaxon va onaxonlari bilan samimiy suhbatlari, O‘zbekistonning mashhur insonlari bilan muloqotlari aks etgan.

Ushbu lavhani ko‘rgan foydalanuvchilardan biri "Odamning yuragini parchalavordingizlar", deya o‘z hissini ifoda etadi.

Yana bir foydalanuvchi esa "Ushbu videoni joylagan insonga rahmat. Yurtimiz uchun jonini fido qilgan inson, ilohim joylari jannatda bo‘lsin", deb fikr bildiradi.

"Unutilmas lavhalar! Ollohim, yetkazganingga shukr, O‘zbekistonimizga shunday yurtboshini berganing uchun minnatdorman! Shu yurt farzandi ekanligimdan faxrlanaman", deb faxr tuyg‘usi ila yozadi yana bir foydalanuvchi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov insult oqibatida 2016-yil 2-sentabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi. Marhum katta ehtirom bilan vasiyatiga ko‘ra o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Samarqand shahrida dafn etildi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti bilan vidolashish uchun o‘nlab xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari, shuningdek, bir necha davlatlar va hukumat rahbarlari yetib kelishdi.

Prezident Uzbekistana Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Siyosatshunos Karimovning qanday og‘ir bosim ostida ishlagani haqida fikr bildirdi

O‘zbekistonliklar marhum yetakchilarini qahramonlardek dafn etdilar. Uni so‘nggi yo‘lga kuzatayotganlarida esa ko‘z yoshlarini tiya olmadilar. Toshkent va Samarqandda motam korteji bir necha kilometrli jonli yo‘lak orasidan o‘tdi, odamlar kortej yo‘lini gullarga to‘ldirishdi. Ayollar ochiqchasiga yig‘ladilar, erkaklar esa ko‘z yoshlarini kaftlari bilan berkitgancha yig‘lashdi. Birgina mana shu holatning o‘zi o‘zbek xalqi o‘z prezidentini qanchalar ardoqlagani va sevganini isbotlaydi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov nomi Jorj Vashington, Sharl de Goll, Mustafo Kamol Otaturk singari davlat va siyosat arboblari qatorida turadi. Birinchi Prezident haqli ravishda O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi hisoblanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0