TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov "dunyo yetakchiligini o‘rnatishni istagan jahon liberal-monetar to‘dasining qattiq bosimi sharoitida" mamlakatni rivojlantirishning o‘z modelini ishlab chiqib, hayotga tatbiq eta oldi, deb hisoblaydi Baxtiyor Ergashev.
"Mustaqil O‘zbekiston asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov — dunyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatishni istagan liberal-monetar to‘dalarning og‘ir bosimi sharoitida O‘zbekistonning o‘z rivojlanish modelini ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq eta olgan kishidir. Bu model Vashington kelishuvi liberal tavsiyalarining eskirgan yig‘indisiga qarshi turdi", — deb yozgan Ergashev Facebook sahifasida.
Uning aytishicha, Karimovga mamlakat yetakchisi sifatida "bu modelni shakllantirish uchun ulkan aqliy salohiyat lozim bo‘lgan". Davlat arbobining jasurligi "bosim va liberalsimon guruhlarning chinqiriqlariga" qarshi turish va "o‘z taraqqiyot strategiyasi, pragmatik tashqi siyosatiga ega zamonaviy O‘zbekistonni barpo etishda qo‘l keldi".
Shu bilan O‘zbekiston "Markaziy Osiyo va uning atrofida biror ish qilmoqchi bo‘lganlar hisoblashadigan" davlatga aylandi, — deb hisoblaydi siyosatchi.