O‘zbekiston bosh shtabi: "Tolibon" safida 2 mingga yaqin o‘rta osiyoliklar bor

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVI Moskovskaya konferensiya po mejdunarodnoy bezopasnosti
VI Moskovskaya konferensiya po mejdunarodnoy bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Moskvaning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muzokaralarini ishtirokchilari safini kengaytirish borasidagi taklifini qo‘llab quvvatlamoqda.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Afg‘onistondagi "Tolibon" harakati safida 2 mingdan ortiq o‘rta osiyoliklar bor, dedi O‘zbekiston Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Bosh shtab boshlig‘i Shavkat Normatov Moskva xavfsizlik anjumanida.

O‘zbekiston harbiylari fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda tinchlikka xavf solayotgan asosiy kuch bu "Tolibon", deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Podpisanie mirnogo dogovora Afganskogo pravitelstva s partiyey Xizbi Islami - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda 15-yilda birinchi tinchlik shartnomasi imzolandi

Undan tashqari, Shavkat Normatov O‘zbekiston Moskvaning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muzokaralarini ishtirokchilari safini kengaytirish borasidagi taklifini qo‘llab quvvatlashini xabar qildi.

"O‘zbekiston Rossiyaning Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralari ishtirokchilari sonini kengaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu Afg‘oniston mojarosini hal qilishda ijobiy rol o‘ynashi mumkin", — dedi Normatov.

Normatov aytishiga qaraganda "Bunday uslub hududda davlatlararo hamkorlikning yangi modeli tashkil qilinishni bildiradi. Unda O‘rta Osiyo va yana bir necha mamlakatlar strategik manfaatlarining o‘xshashligi yoki bir-biriga yaqinligini belgilangan".  

Shuningdek, Normatov Afg‘oniston mojarosini hal qilishda dunyoning yetakchi mamlakatlarini jalb qilish kerakligini va ushbu jarayonda BMTga markaziy o‘rnini saqlab qolish kerakligini ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0