TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliya-texnikaviy sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda alohida mintaqaviy masalalar muhokama qilingan.
Tomonlar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Yevroittifoq — Markaziy Osiyo mintaqalararo vazirlar uchrashuviga tayyorgarlikning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqishdi.
Shuningdek, kelgusidagi kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama munosabatlar, o‘zaro hamkor institutlar yig‘ilishlari borasida ham fikr almashildi.
Uchrashuvda YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.