TOShKENT, 8 mar — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik guruhi Kobuldagi harbiy gospitalga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar berdi RIA Novosti Tolo News telekanaliga asoslanib.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Afg‘oniston poytaxtidagi harbiy gospitalga hujum uyushtirilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan va 66 kishi jarohatlangan.
Hujum chorshanba kuni ertalab AQSh elchixonasi yaqinidagi Sardor Muhammad Dovud xon harbiy gospitali binosida sodir bo‘lgan. Avvaliga hudkush terrorchi gospital darvozasi oldida o‘zini portlatib yuborgan, so‘ngra bir nechta oq xalatli qurollangan kishilar bino ichiga kirishgan.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar ikki terrorchini yo‘q qilishgan.