Toshkent viloyatida erkak kishining jasadi topildi

© Sputnik / StringerMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 18-aprel kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida erkak kishining jasadi topilgan. Murdaning bosh sohasida jarohatlar borligi aniqlangan

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. 2017 yil 18-aprel kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida erkak kishining jasadi topilgan. Murdaning bosh sohasida jarohatlar borligi aniqlangan, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarga ko‘ra, surishtiruv ishlari natijasida ushbu jasad Olmaliq shahrida yashagan 1972-yilda tug‘ilgan Andrey Li ekanligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, murdaning bosh sohasidagi jarohat to‘mtoq jism ta’sirida yetkazilgan. Erkak ushbu jarohatlar va miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan.

IIV xodimlari ish vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
IIV huzuridagi Tergov Departamenti tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga odam izlayapti
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni amalga oshirgan shaxs qo‘lga olingan. U Piskent tumanida ro‘yxatda turib, Olmaliq shahridagi dala-xovlida vaqtincha yashovchi, muqaddam sudlangan, ishsiz, 1967-yilda tug‘ilgan Quvondiq Bolliyev ekanligi xabar qilinmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Kasalni davolagandan ko‘ra, uni oldini olgan afzal. Shu ma’noda, yuz bergan har bir huquqbuzarlik va jinoyatni yuzaga keltirgan sabablarni o‘rganish, oqibatlarini bartaraf etish, nafaqat huquq tartibot idoralari xodimlarining, balki har bir fuqaroning insoniy vazifasi bo‘lishi lozim, barcha fuqarolar bilan hamkorlikda salbiy illatlar, jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishga chek qo‘yishimiz mumkin", deyiladi IIV xabarida.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0