TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Bugun Afg‘oniston hukumati va “Hizbi Islomiy” isonchi guruhi orasida tinchlik shartnomasi imzolandi, deb xabar qilmoqda Afg‘oniston axborot vositalari.
Afg‘oniston televideniyesi orqali namoyish etilgan rasmiy marosimda “Hizbi Islomiy” partiyasi rahbari Gulbiddin Hikmatiyorning vakili Amin Karim va Afg‘oniston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Muhammad Hanif Atmar tinchlik shartnomasi haqidagi kelishuvni imzolashdi.
Ushbu bitim shu vaqtga qadar umumjahon terrorchilar ro‘yxatida bo‘lgan shaxsning rasmiy siyosatga kirib kelishiga imkon beradi. Undan tashqari u Tolibon va boshqa isonchi guruhlar uchun ham hukumat bilan shartnoma imzolashga turtki bo‘lishi mumkin.
Tinchlik shartnomasi Afg‘oniston rahbari Ashraf G‘ani va “Hizbu Islomiy” partiyasi rahbari Gulbiddin Hikmatiyor tomonidan imzolanishi bilan kuchga kiradi. Rahbarlarning ushbu shartnomaga qachon imzo chekishi aniq xabar qilinmagan.