Lotinchaga o‘tsak ham rus tilini unutib qo‘ymaymiz - Nazarboyev

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishQozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazarboyev matbuot-xizmati chorshanba kuni prezident ingliz tilini faol o‘rganishga chaqirayotgani haqida xabar tarqatgan. Qozog‘iston prezidenti o‘zining bu qarorini mamlakatni uch tilli qilish zarurati bilan izohlagan

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat lotin alifbosiga o‘tgach, rus tilini unutib qo‘ymasligini ma’lum qilgan, deb xabar qildi RIA Novosti axborot agentligiga Rossiyadagi Qozog‘iston elchixonasi matbuot-xizmati.

Zanyatie po russkomu yaziku v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Lotin alifbosiga o‘tishda Qozog‘iston O‘zbekiston tajribasini o‘rganadi
"Men turli xavfsirashlarni eshitapman. Lekin biz kiril alifbosidan uzoqlashmaymiz. Biz rus madaniyatini va rus tilini unutmaymiz. Rus tili orqali biz jahon madaniyatini o‘rgandik va u hamisha biz bilan qoladi. Bizning qo‘shnimiz hamisha yonimizda, va biz u bilan har doim hamkorlik qilamiz", — deb ta’kidlagan Nazarboyev Janubiy Qozog‘iston viloyatiga tashrifi davomida.

Nashr xabariga ko‘ra, chorshanba kuni Nazarboyev matbuot-xizmati mamlakat prezidenti ingliz tilini faol o‘rganishga da’vat qilgani haqida xabar tarqatgan. Nazarboyev o‘zining bu chaqirig‘ini respublikada uchta tilni joriy qilish muhimligi bilan izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi o‘rtalarida Nazarboyev hukumatga qozoq tilini lotin alifbosiga o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘ini bergan edi. "Mustaqil Qozog‘iston" nashrida yozgan maqolasida Nazarboyev, 2012-yilda "Qozog‘iston 2050" strategiyasida u 2025 yilda lotin alifbosiga o‘tish rejalari haqida ma’lum qilganini eslatib o‘tgan.

Ayni vaqtda qozoq jamoatchiligi lotin alifbosiga o‘tish zarurati yuzasidan qizg‘in muzokaralar olib bormoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0