TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Qozog‘iston Ta’lim vaziri Yerlan Sagdiyev qozoq tilini lotin alifbosiga o‘tkazish borasida Sputnik radiosiga o‘z fikrini bildirdi.
Bir necha kun oldin e’lon qilingan, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning lotin alifbosiga o‘tish davlat dasturi jamiyatda ko‘plab tortishuv va mulohazalarni kelib chiqmoqda. Bir tomon bu Qozog‘istonga o‘z "madaniy qiyofasini" topishga yordam beradi desa, ikkinchi tomon — Qozog‘istonning Rus dunyosidan ayrilib qolishi mumkinligi haqida gapirmoqda.
Ushbu mavzuda berilgan savolga vazir — men bu masalaga izoh bermagan bo‘lar edim. Menimcha bu masalalar bir-biriga bog‘liq emas, deb javob berdi.
Nazarbayev e’lon qilgan davlat dasturiga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarolari 2025-yilga qadar daftarga yozma harflar bilan yozishni o‘rganib olishlari kerak.
"Biz bu masalani ushbu yilning oxiriga qadar mutaxassislar va olimlar bilan muhokama qilib, yil oxirida ma’lum bir yechim taklif qilamiz. Faqat shundan keyin maktablarni tayyorlay boshlaymiz va lotin alifbosiga o‘tish grafigini ham tuzamiz. Muddatlar haqida gapirishga hali erta. Mening fikrimcha avval sinovdan o‘tkazish kerak. Ilmiy ekspertiza va lotin alifbosiga o‘tgan O‘zbekiston va Ozarbayjon kabi mamlakatlar tajribasini o‘rganib chiqish kerak", — dedi Qozog‘iston ta’lim vaziri jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda.
Vazir, shuningdek, dasturning ikkinchi bo‘limi — umumiy o‘rta ta’limni uch tilda olib boorish haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra Qozog‘istonda kelajakda 10-11 sinflarda ayrim darslar inliz tilida olib borilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.