TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya FXX (Federal xavfsizlik xizmati) spesnazi Kaliningradda xalqaro terrorchilik uyushmasi "Islom jihod-jamoat mojaxed" yacheykasining 12 nafar a’zosini qo‘lga oldi. Barcha ushlangan shaxslar kelib chiqishi markaziy osiyoliklar bo‘lgan. Ular terrorchilik uyushmasi faoliyatiga fuqarolarni yollash bilan shug‘ullanganligi ehtimoli bor. Bu haqda FXX mintaqaviy boshqarmasi ma’lumotiga asoslangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qo‘lga olingan shaxslar "Islom jihod-jamoat modjaxed" vakillari (emmisarlari) manfaatlari yo‘lida faoliyatni amalga oshirishgan.
Qo‘lga olingan shaxs o‘z aybini tan olish bo‘yicha ko‘rsatmalar bermoqda, shuningdek, xalqaro terrorchilik uyushmalar faoliyatida o‘z qarindoshlarining ishtiroki haqida guvohlik bermoqda.
Bundan tashqari, terrorchilik yacheykasi rahbarining aloqalari aniqlanib, Suriyada faoliyat ko‘rsatayotgan jangarilarga daxldorligi tekshirilmoqda.
Tez kunlarda qo‘lga olinganlar kelgan davlatlariga ekstraditsiya qilinadi. Ular o‘z vatanlarida terrorizm jinoyati bo‘yicha sudlanadilar.