O‘zbekistonda odamlarni IDga yollagan shaxs sakkiz yilga qamaldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishKoloniya
Koloniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘ldoshev IDga tarafdorlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali jalb qilgan

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi fuqaro Asqar Yo‘ldoshevni ekstremistik g‘oyalarni tarqatgani va odamlarni "Islom davlati" terrorchilik guruhiga jalb qilgani uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda RIA Novosti sud vakiliga asosan xabar bermoqda.

"Sud majlisi davomida Yo‘ldoshev IDga tarafdorlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali jalb qilgani, 2016-yilda Suriyaga borib terrorchi-jangarilarga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlandi. U bu safarga jo‘nab ketishga uch nafar mahalliy fuqaroni ham ko‘ndirgan. U sud qarori bilan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Yo‘ldoshev 2014-yilning iyun oyida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Qamoqdagi shaxs - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ID da’vatchisi 8-yilga qamaldi

"U Rossiya hududida taqiqlangan, Suriyaga jangarilarni yollash bilan shug‘ullanuvchi "Jihodchilik" diniy-ekstremistik tashkiloti g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan. U vatanga qaytib kelgach, odamlarni yollash bo‘yicha faoliyatini davom ettirgan", — dedi sud vakili.

Keyingi vaqtda O‘zbekistonda Suriyadagi urush harakatlarida ishtirok etishni rejalashtirgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlanganligi haqida tez-tez xabarlar berilmoqda. Xususan, 2016-yilning avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi ID safiga qo‘shilishni rejalashtirgan besh nafar fuqaroga nisbatan jazo tayinlagandi.

Yangiliklar lentasi
0